Efiopiyada bahaybat odamlar yashagan shahar qoldig‘i topildi

Jamiyat 23:03 / 17.06.2017 19551

Britaniyalik arxeologlar jamoasi Efiopiyaning sharqiy qismida eramizdan avvalgi X asrda bunyod etilgan Xarla shahri qoldiqlarini aniqlashdi. Shahar ichida XII asrda qurilgan masjid bo‘lgan. Arxeologlarning tasdiqlashicha, qachonlardir Xarla bahaybat insonlar shahri hisoblangan.

Xarla shahri viloyat miqyosidagi savdo markazi bo‘lgan, deb hikoya qiladi Britaniyaning Ekseter universiteti professori Timoti Insoll. Uning so‘zlariga ko‘ra, shahar hunarmandchiligi zargarlik va qimmatbaho buyumlar yasashga ixtisoslashgan bo‘lgan.

“Xarla aholisi aralash bo‘lib, xorijlik va mahalliy elatlardan tashkil topgan. Ular Qizil dengiz, Hind okeani va hatto Arab ko‘rfazi hududlarida joylashgan mamlakatlar bilan savdo-sotiq ishlarini olib borishgan. Bu yerdan Madagaskar, Maldiv orollari, Yaman va Xitoydan keltirilgan buyumlar topildi”, dedi professor.

“Bi-bi-si”ning Efiopiya xizmati muxbiri Emmanuel Igunzaning aytishicha, shahar qoldig‘i topilgan hududda ilgari bahaybat odamlar yashagan va ular juda ulkan inshootlar qurishgan. Bu haqda mahalliy aholi orasida afsonalar ham mavjud.

Arxeologlar jamoasining ma'lum qilishicha, topilmalar o‘rganiladi va qazish ishlari keyingi yilda ham davom ettiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: