1 oktyabrdan «Yagona milliy mehnat tizimi» ishga tushadi

O‘zbekiston 17:46 / 10.09.2019 13855

2019 yil 1 oktyabrdan O‘zbekistonda «Yagona milliy mehnat tizimi» ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. U yangi tahrirdagi «Bandlik to‘g‘risida»gi qonun asosida yo‘lga qo‘yiladi. Barcha jismoniy va yuridik shaxslar uchun mutlaqo bepul bo‘lgan tizimda elektron mehnat daftarchasidan foydalanish mumkin bo‘ladi. U xodimning tizimga kiritiladigan ma'lumotlari asosida avtomatik tarzda shakllanadigan mehnat faoliyati haqidagi axborotga ega bo‘ladi, deya xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri. 

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhiddinovning «O‘zbekistonda milliy bandlik strategiyasi sari yo‘l» mavzusida tashkil etilgan forum doirasida ma'lum qilishicha, «Bandlik to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahriri ishlab chiqilmoqda. Uning asosida idoralararo dasturiy majmua bo‘lgan «Yagona milliy mehnat tizimi» ishga tushadi. U ijtimoiy-mehnat sohasida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish imkonini beradi. 

Ushbu tizim mehnat munosabatlarini elektron ro‘yxatga olish, ish beruvchilarning shtat birligi to‘g‘risida ma'lumotlar bazasini shakllantirish, jismoniy shaxslarning mehnat faoliyatiga doir ma'lumotlarni elektron mehnat daftarchasi ko‘rinishida yuritish, ma'lumotlarni idoralararo tizimli va doimiy ravishda almashish, ishchi-xodimlar tarkibi xususida xolis, shaffof va dolzarb axborotni shakllantirishni hayotga tatbiq etadi. 

Ko‘proq yangiliklar: