Erkin Muhiddinov yana yangi ishga o‘tdi

O‘zbekiston 14:58 / 03.01.2025 17227

Erkin Madorbekovich Muhitdinov Ekologiya vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligiga direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Erkin Muhiddinov 1976 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. 1997 yilda Andijon iqtisod boshqaruv instituti (bakalavr), 2000 yilda Bank-moliya akademiyasi (magistratura), 2007 yilda esa Yaponiyadagi Rivojlanayotgan iqtisodiyotlar instituti Oliy maktabini tamomlagan.

Turli yillarda turli banklarda ishlagan, 2017 yil iyunida bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgandi. 2023 yil yanvarida uning lavozimi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosariga o‘zgargan, 2023 yil avgustida Toshkent viloyati Ohangaron tumani hokimi lavozimiga tushirilgan, 2024 yil mayida Toshkent viloyati hokimi lavozimiga ko‘tarilgan, bu ishda besh oy ishlagach, oktyabr oyi o‘rtalariga kelib faoliyatidagi kamchiliklar va sohadagi ishlar qoniqarsiz olib borilayotgani uchun Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgandi.

2024 yil dekabrida esa u vazirlikning O‘rmon, bioxilmaxillik va ekoturizm siyosatini yuritish departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.

U endi yangi lavozimda 2017 yil mayidan buyon ishlab kelgan Nizomiddin Bakirov o‘rnini egalladi.

Nizomiddin Bakirov
Ko‘proq yangiliklar: