Qashqadaryo viloyat IIB qoshida zamonaviy kutubxona xalqqa xizmat ko‘rsata boshladi

Jamiyat 20:17 / 09.09.2019 3087

Qashqadaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi qoshida yangidan barpo etilgan Kitoblar uyi qurilib foydalanishga topshirildi. Bu haqda Kun.uz’ga IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, general-leytenant P.Bobojonov viloyatga tashrifi davomida viloyat IIB qoshida ham zamonaviy kutubxona tashkil etish tashabbusini ilgari surgan edi. 

Mazkur tashabbusni amalga oshirish natijasida boshqarma qoshida zamonaviy va ko‘rkam «Dor ul-kutub» — Kitoblar uyi qurib bitkazildi hamda faoliyat olib borish uchun «Qarshi kitob dunyosi» mas'uliyati cheklangan jamiyatga shartnoma asosida ijaraga berildi.

Yangi barpo etilgan Kitoblar uyi barcha qulayliklarga ega bo‘lib, unda 4 mingdan ortiq badiiy, ilmiy va o‘quv adabiyotlari mavjud. Yorug‘ va shinam zalda o‘tirib, kitob mutolaa qilish uchun sharoit yaratilgan bo‘lib, bu yerda o‘qilgan kitoblar uchun kitobxonlardan hech qanday haq olinmaydi.

Shuningdek, zalda o‘rnatilgan uchta kompyuter orqali Internetga ulanish, kerakli adabiyotlarni elektron ko‘rinishda yuklab olish, zarur ma'lumotlarni chop etish yoki axborot tashuvchi moslamalarda o‘zi bilan olib ketish imkoniyati yaratilgan.

Ko‘proq yangiliklar: