Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy aviakompaniya, yangi gaz hisoblagichlar, go‘sht narxlari va sohadagi yangi mexanizmlar - Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi bilan suhbat

Najmiddinxo‘ja Sharipov
Kun.uz tahririyati Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hamda uning faoliyati, bugungi kunda mazkur sohada olib borilayotgan ishlar, vujudga kelayotgan dolzarb masalalar va ularning yechimlariga oid bir qator savollarga javob olish maqsadida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Najmiddinxo‘ja Sharipov bilan suhbat uyushtirdi.
Video: Youtube
Video: Mover (tas-ix)
Suhbat avvalida qo‘mita raisi raqobat bozorini yanada rivojlantirish yoki raqobatni himoya qilib turish qo‘mitaning bosh vazifasi ekanligini alohida ta'kidladi.
«Raqobat bozorini himoya qilib turmasangiz, unga salbiy ta'sir qiladigan omillar mavjud. O‘sha omillardan bittasi bu – davlat tashkilotlari yoki hokimliklar tomonidan o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib ta'sir o‘tkazish. Ma'lum bir korxonaga qandaydir imtiyozlar berish va o‘z navbatida qaysidir korxonani cheklab qo‘yish. Raqobat shakllangan bozorda vazirliklar yoki davlat idoralarining ham ishtiroki bor. Misol tariqasida litsenziyalash, qanaqadir ruxsatnoma berish tartib-tamoyillari, davlat xizmatlarini amalga oshirish. Mana shu jarayonlarda ham davlat organlarining raqobat rivojlangan bozorga ta'siri bo‘lishi mumkin. Qo‘mitamiz davlat organlari tomonidan noqonuniy yoki cheklovchi harakatlarini o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqib, tegishli ko‘rsatmalar berib, bartaraf etadi.
Keyingi masala monopol bozor. Raqobat yo‘q bozorda yakkahukmronlik, monopoliyachi korxona faoliyat yuritadi. Bozorda ustunlik mavqeyini egallagan korxonalar soni kam emas. Hozirda 96ta xo‘jalik yurituvchi sub'yekt ro‘yxatga olingan. Ularning orasida birlashmalar – shaxslar guruhi ham bor. Jami 320ta sub'yekt monopolist sifatida qayd etilgan. Bu korxonalar faoliyati Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan doimiy nazoratda. Monopoliyachi degani bu qonun buzilishi emas, balki bozordagi holatdir», deydi qo‘mita raisi.
Najmiddinxo‘ja Sharipovning ta'kidlashicha, dastlabki o‘rganishlar natijasida O‘zbekiston bo‘yicha 4 ming 200ta bilvosita va bevosita davlat ishtiroki bilan faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar mavjudligi aniqlangan. Ulardan 1 ming 900taga yaqini davlat unitar korxonalaridir. 1 ming 300tasi aksiyadorlik jamiyatlari va MChJlar. 800tadan ziyodi yuqoridagi korxonalar ishtiroki bilan bilvosita faoliyat yuritadi.
Qo‘mita raisi «Artel» kompaniyasiga tegishli quvvatlarda O‘zbekistondagi barcha iste'molchilar uchun aqlli gaz hisoblagichlar ishlab chiqarilishi haqidagi gap-so‘zlarga ham oydinlik kiritib o‘tdi.
«Hisoblagichlarni «Artel» ishlab chiqarishi rejalashtirilgani haqidagi gaplarga qo‘shilmayman. Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan bayonnomada «Texno park» MChJga aqlli gaz hisoblagichlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish topshirilgan. Mazkur MChJ «Artel» kompaniyasi bilan aloqador emas. Buning yuz foiz ulushi, ta'sischisi hokimlik hisoblanadi. Bayonnomada hisoblagichlar ishlab chiqarish bo‘yicha tegishli idoralarga tegishli topshiriqlar yuborilgan», deydi Najmiddinxo‘ja Sharipov.
Shuningdek, suhbat mobaynida qo‘mita raisi xonadonlarga o‘rnatilayotgan aqlli elektr va gaz hisoblagichlarning narxi, «O‘zbekiston havo yo‘llari» monopol yoki monopol emasligi, qo‘mita go‘sht narxi keskin ko‘tarilishi bo‘yicha qanday pozitsiyada ekanligi, nohalol raqobat uchun qanday jazolash mexanizmlari mavjudligi va boshqa qator savollarga javob berdi.
Suhbatni to‘liq shaklda yuqoridagi video orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22
-
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
O‘zbekiston | 22:40
-
Trampdan yangi dedlayn – 50 kun. Bu nima degani?
Jahon | 22:31
-
Braziliya prokuraturasi sobiq prezident Bolsonaruni davlat to‘ntarishiga urinishda aybladi
Jahon | 22:28
Mavzuga oid

17:54 / 20.05.2025
Utilizatsiya yig‘imi: bizda 3500 dollar, boshqalarda-chi?

20:40 / 12.05.2025
O‘zbekistonga avtomobil importi 3 barobarga quladi

14:14 / 01.05.2025
Elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi 4 barobarga oshdi

10:07 / 03.03.2025