Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«ERIELL prof education»: malakali murabbiylardan interfaol darslar

Antoni van Levenguk – gollandiyalik tabiatshunos, mikroskop konstruktori , ilmiy mikroskopiya asoschisi, fanlarni mustaqil o‘rganib o‘z ixtirosi bilan turli jonzotlarni tadqiq qilgan olim.
– Bundan qanday xulosa kelib chiqadi? Diplom – bu bir parcha qog‘oz, eng muhimi bilim va ko‘nikmalar, – deya ta'kidlaydi, ERIELL guruhi xodimlari uchun tashkillashtirilgan professional rivojlanish bo‘yicha «Hujjatlar aylanmasini boshqarish» darslarida professor Yusuf Abdullayev.
– Tarixda genial ixtirolar olimlar emas, amaliyotchilar, kundalik jarayonlar bilan shug‘ullanishda ishni yengillatish istagida bo‘lgan turli kasb egalari tomonidan qilingani bo‘yicha misollar juda ko‘p. Ular orasida Genri Ford, Bill Geyts, Stiv Jobs va boshqa mashhur insonlar bor. Ularning ko‘pchiligi tahsillarni yakunlamagan, ixtirolari yo‘nalishida o‘qishmagan yoki umuman ma'lumotga ega bo‘lishmagan. Albatta, bu ta'limdan voz kechish zarur degan fikrni anglatmaydi. Aksincha, diplom va tavsiyanomalarga qaramay hech qachon erishgan natijalarga qanoatlanib to‘xtab qolmaslik kerak.
«Yuksak samarali insonlarning 7 ko‘nikmasi» kitobi muallifi Stiv Kovining fikricha, o‘z malakasini takomillashtirib bormaydigan xodimni «o‘tmas arra»ga qiyoslash mumkin. Bunday insonlar o‘tmas arra bilan daraxtni kesishga besamar urinishadi, asbobni o‘tkirlab olish taklifini esa vaqt ziqligini aytib, rad qilishadi.
Kelajak mutaxassislari kimlar?
Darslardagi so‘nggi chiqishlardan birini murabbiylardan biri Davlat boshqaruvi akademiyasi «Menejment» kafedrasi professori, iqtisod fanlari doktori Mixail Xamidullin qildi.
– Hozirgi kunda respublikamizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlari ishlab chiqilmoqda – ta'kidlaydi professor. Ularni amalga oshirish yaqin kelajakka mo‘ljallangan. Bu masalalarni bevosita yechuvchi va amalga oshiruvchi bo‘lgan yosh avlod ko‘p hollarda afsuski bexabar yoki chetda qolmoqda.
Bu yerda davlat dasturlarining ishlash mexanizmi bo‘yicha bir misol keltirish mumkin: Xitoy Xalq Respublikasi faol rivojlanishining eng muhim omillaridan biri aynan davlat dasturlarini ishlab chiqish va ularga aniq rioya qilish bo‘lgan. Bu rejalar 10, 20 yoki 30 yilga emas, birvarakayiga 100 yilga tuzilgan. Bugungi kunda o‘z avtomobil sanoatini tahlil qilgan Xitoy kobalt yetkazib berish bo‘yicha Uganda bilan uzoq yillik shartnoma tuzib qo‘ygan. Chunki so‘nggi yillarda avtosanoatda elektromobillarga keng o‘rin berilayotgani, bunday avtomobillar ishlab chiqarish uchun esa kobalt juda muhim element ekanligi hammaga ma'lum.
«ERIELL prof education»dagi darslar ana shunday xalqaro tajribalar va misollar asosida bo‘lib o‘tadi.
ERIELL kompaniyalar guruhining xodimlari tahsil olishga jo‘natilar ekan, avval ularning bilim va ko‘nikmalaridagi kamchiliklari oldindan aniqlanadi. Bundan maqsad Korporativ o‘quv markazi o‘quv jarayonini ularga mos murabbiylar, uslub va texnologiyalarni tanlagan holda tashkil etishi va bu o‘z navbatida mehnat samaradorligi hamda malaka oshishiga xizmat qilishidadir.
Navbatdagi o‘quv kurslarida tinglovchilar rahbar kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash o‘quv uslubiy markazi dotsenti V.A.Karimov, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universiteti muzokaralar laboratoriyasi rahbari A.A.Fayzullayev, «Iqtisodiy rivojlanish markazi» MChJ direktori Yu.B.Yusupov va boshqa bir qancha talabgir murabbiylar ma'ruzalaridan bahramand bo‘ladilar.
O‘quv markazi yil bo‘yi faoliyat yuritadi. Oyma-oy turli daraja va yo‘nalishdagi mutaxassislar qamrovini kengaytirib, ERIELL kompaniyalar guruhining xodimlari bilimlarini hamda malakasini oshirib boradi.
ERIELL kompaniyalar guruhi PR-xizmati
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy Shmixalni Ukraina mudofaa vaziri lavozimiga taklif qildi
Jahon | 10:21
-
“Huquq savollari darslikdan tushmadi” – abituriyentlar. Imtihonning birinchi kuni qanday o‘tdi?
O‘zbekiston | 10:20
-
Hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish sohasiga xususiy sektor jalb qilinadi
O‘zbekiston | 09:47
-
Rossiya Axios'ning Putinning Eron bo‘yicha pozitsiyasi haqidagi ma’lumotini rad etdi
Jahon | 09:45
Mavzuga oid

22:42 / 16.02.2023
35 mlrd dollar emas: Neft-gaz sohasidagi yirik loyihalar qiymati aslida qancha?

17:00 / 04.09.2022