AQShda rekord kattalikdagi timsoh tutildi (foto)
AQShning Jorjiya shtatida ovchilar uzunligi 4,3 metr va og‘irligi 318 kg keluvchi ulkan timsohni ushlashdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.
Bu AQShda tutilgan eng katta timsohdir. Avvalgi rekord 2013 yilda tutilgan timsohga tegishli bo‘lgan. Uning uzunligi 4,21 smni tashkil qilgandi.
Timsohni Merivezer okrugida yashovchi Derrik Snelson tutgan. U ovga 16 yoshli qizi va professional timsoh ovlovchilar bilan borgan.
Erkakning aytishicha, ular timsohning boshini darrov payqashgan, biroq uni muvaffaqiyatli nishonga olish uchun 5 soatdan ko‘proq kutishga to‘g‘ri kelgan: u har safar 10 soniyaga suv ustida ko‘rinib, keyin 45 daqiqaga suv ostida g‘oyib bo‘lgan.
Mavzuga oid

22:00 / 10.03.2025
Ukraina dunyodagi eng yirik qurol importchisiga aylandi

20:32 / 10.03.2025
Tramp Zelenskiy iste’foga chiqmaguncha Ukrainaga yordam ko‘rsatishni tiklamaydi – OAV

19:40 / 10.03.2025
Bloomberg: Trampning maslahatchilari Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatish rejasini ishlab chiqmoqda

16:37 / 10.03.2025