Robert Mugabe Zimbabvening milliy qahramoni deb e'lon qilindi 

Jahon 23:10 / 06.09.2019 9145

Zimbabvening amaldagi prezidenti Emmerson Mnangagva 6 sentyabrda vafot etgan sobiq prezident Robert Mugabeni vafotidan keyin milliy qahramon deb e'lon qildi. Bu haqda New Ziana mahalliy nashri xabar berdi.  

Mugabe 95 yoshida vafot etdi. Uning oilasidagi manbalar sobiq prezident Singapurdagi shifoxonada yaqinlari, jumladan rafiqasi Greys qurshovida vafot etganini ma'lum qilishgan.

“Robert Mugabe Afrikani mustamlakachilik zulmidan ozod qilishga erishgan kurashchilar avlodi vakili hisoblanadi. Bu Zimbabvening minnatdor xalqi va Afrikaning qolgan xalqlari tomonidan hech qachon unutilmaydi”, deb aytgan Mnangagva.   

Prezident, shuningdek, Mugabe dafn etilmaguncha mamlakatda motam kunlari e'lon qilinishini qo‘shimcha qilgan. 

Hozirda hukumat Mugabe jasadini Singapurdan vataniga qaytarish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

2017 yil noyabrda 93 yoshli Robert Mugabe harbiylar va hukmron partiya bosimi ostida prezident lavozimini tark etgandi. Bungacha u mamlakatni 30 yil davomida boshqargan.    

Ko‘proq yangiliklar: