Maradona Argentina chempionatining so‘nggi o‘rindagi jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi

Sport 08:38 / 06.09.2019 5795

Argentina milliy jamoasining sobiq bosh murabbiyi Diyego Maradona La-Plataning «Ximnasiya» klubini boshqaradi. Bu haqda klub rasmiy sayti ma'lum qildi.

58 yoshli mutaxassis Argentina klubi bilan mavsum so‘ngigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Maradonaning so‘nggi ish joyi Meksikaning ikkinchi divizioni vakili – «Dorados» jamoasi edi, u  iyun oyida yelkasi va tizzasidan operatsiya qilingani tufayli klubni tark etgandi. 

Argentina Premer-ligasining joriy mavsumida «Ximnasiya» klubi 5ta o‘yinning 4tasida mag‘lubiyatga uchradi va 1 ochko bilan jadvalda so‘nggi o‘rinda bormoqda.

Ko‘proq yangiliklar: