Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yoshlar-kelajagimiz» jamg‘armasi tomonidan andijonlik yosh tadbirkorlar tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi

Andijonda “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi yordami bilan 122 nafar yosh tadbirkorning ishi yo‘lga qo‘yildi. Xususan, 2017 yil 26 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5466-sonli Farmoni imzolanib, mazkur Farmon asosida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligida “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi tashkil etildi. Andijon viloyatida mazkur Jamg‘arma tomonidan 122 nafar yosh tadbirkorlarga 123 mlrd 116 mln so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratildi.
Bu borada yakka tartibdagi tadbirkor S.Vahobov shunday deydi: “Atrofimdagi tengdoshlarimning harakatini ko‘rib, men ham tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga qaror qildim. Alyumin profil va eshik romlar yasash korxonasini ochishga oid loyiham Jamg‘arma tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Yetarli xomashyo va maxsus uskunalar xarid qilishimiz uchun 350 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratildi. Yaqinda faoliyatimizni boshladik. Endilikda 20 ta kollej bitiruvchilarini ish bilan ta'minlamoqchimiz.
“Yoshlar - kelajagimiz” jamg‘armasidan 5 yillik davr hamda atiga 7 foiz stavkaga asoslangan 1 yillik imtiyozli davrga ega kreditlarni olishi mumkin. Bunday imkoniyat hech qachon, hech qayerda bo‘lmagan. Bundan har bir yosh unumli foydalanishi lozim, deb o‘ylayman”.
Shuningdek, yoshlarni ish bilan ta'minlash va ularga zamonaviy qulayliklarga ega bo‘lgan maishiy xizmat ko‘rsatish sohalarini yaratish maqsadida Jalaquduq tumani, Bozorboshi mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi bo‘sh turgan yer-maydoni tuman xokimining 2018 yil 9 avgustdagi 1071-Q sonli qarori bilan tadbirkor O.Maribjonovga “Yoshlar mehnat guzari” kompleksini qurish uchun 220 kv.m yer-maydoni ajratilgan bo‘lib, hozirda tadbirkor O.Maribjonov tomonidan “Yoshlar mehnat guzari” bino va inshootlari to‘liq qurib bitkazilib, Mustaqilligimizning 28 yilligi arafasida 2019 yil 31 avgust kuni yoshlar uchun tuhfa bo‘lib foydalanishga topshirildi.
Hozirgi kunda “Yoshlar mehnat guzari” kompleksida o‘quv markazi, go‘zallik saloni, kichik ovqatlanish shaxobchasi, kompyuter xizmati, sog‘lomlashtirish markazi va milliy shirinliklar ishlab chiqarish va sotishga mo‘ljallangan faoliyat olib bormoqda. Tadbirkor O.Maribjonov ushbu kompleksda 20 nafar yoshlarning bandligi ta'minlagan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda kapotida baliqlar bilan kontent olgan haydovchi jarimaga tortildi
Jamiyat | 13:11
-
Yo‘l harakatiga oid ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi bo‘yicha yo‘riqnoma tasdiqlanadi
O‘zbekiston | 12:22
-
Enrike o‘yindan keyingi janjalga aralashdi va raqib futbolchisini urib yiqitdi
Sport | 12:14
-
Gaz ballonlarini noqonuniy saqlab, mashinalarga quyib sotayotgan xonadon aniqlandi
Jamiyat | 11:50
Mavzuga oid

22:27 / 10.07.2025
Buloqboshida yana toshqin xavfi: aholi Janubiy Farg‘ona kanalida suv sathi ko‘tarilganidan xavotirda

12:15 / 10.07.2025
Andijonda chiqindidan elektr ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi boshlandi

20:51 / 07.07.2025
Andijonda 9 yoshli ikki bola fermer xo‘jaligi hovuziga cho‘kib ketdi

20:32 / 30.06.2025