Xabib Nurmagomedov navbatdagi jangi uchun oladigan gonorar miqdori ma'lum qilindi 

Sport 20:17 / 04.09.2019 69930

UFC chempioni Xabib Nurmagomedov amerikalik Dastin Porega qarshi jangi uchun 6 mln dollardan ko‘proq haq oladi. Bu haqda sportchining otasi va murabbiyi Abdulmanop Nurmagomedov ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, rossiyalik Konor Makgregorga qarshi avvalgi jangi uchun 2 mln dollar olgan edi. Ushbu summaning katta qismini pullik namoyishlardan foiz va boshqa to‘lovlar tashkil qilgan. Nurmagomedov Porega qarshi jangi uchun ham pullik namoyishlardan foiz oladi. 

“Bu 3-3,5 barobar ko‘proq bo‘ladi. Biz chaqa-chuqa uchun jang qilmayapmiz, biz o‘z bahomizni bilamiz”, deb aytgan sportchining otasi.

“Bu pul [2 mln dollar] biz uchun kam, chunki hozir biz eng zo‘rimiz. Biz eng zo‘rlarni yengdik va eng zo‘rlari bilan kurashishga tayyormiz. Biz mashhurmiz, biz buni bilamiz. Zalga chiqqanimizda ko‘rasiz, Poreni qanday kutib olishadi-yu, Xabibni qanday kutib olishadi”, deb qo‘shimcha qilgan Abdulmanop Nurmagomedov.

Nurmagomedov-Pore jangi 7 sentyabrda Abu-Dabida bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: