Namoyishchilar g‘alabasi: Hongkong rahbari Xitoyga ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi qaytarib olinishini ma'lum qildi

Jahon 16:30 / 04.09.2019 9752

Hongkong ma'muriyati rahbari Kerri Lam Xitoyga ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi qaytarib olinishini e'lon qildi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Reuters agentligi xabar berdi.

Lam mazkur qonunchilik tashabbusi rad etilgani haqida ma'muriyat a'zolari, qonunchilik vakillari va deputatlar bilan uchrashuvda ma'lum qilgan.  

Hongkong ma'muriyati bu borada rasmiy bayonot berishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, orolda ushbu qonun loyihasiga qarshi iyundan buyon tinimsiz namoyishlar o‘tkazib kelinayotgandi.

Ko‘proq yangiliklar: