Bosh prokuratura Akademiyasi magistratura bosqichiga imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda

Jamiyat 17:18 / 04.09.2019 2962

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi magistratura bosqichining «prokurorlik faoliyati», «tergov faoliyati» va «korrupsiyaga qarshi kurashish» yo‘nalishlari bo‘yicha imtihon bo‘lib o‘tmoqda.

Akademiya magistraturasida tahsil olish uchun bugungi kunda 300 dan ortiq abituriyent hujjat topshirdi. Ulardan 30 nafari o‘qishga qabul qilinadi.

Kirish imtihonlari yozma imtihon va suhbat shaklida o‘tkazilmoqda.

Yozma imtihon huquqiy mavzuda esse va chet tili bo‘yicha test savollaridan iborat bo‘ladi.

Imtihonni o‘tkazishda ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash maqsadida:

– chet tili bo‘yicha test savollari Davlat test markazi tomonidan tuzildi, markaz tomonidan imtihon o‘tkazilmoqda va javoblari baholanadi;

– yozma imtihon Xalqaro biznes markazi binosida o‘tkazilmoqda;

– yozma imtihonga, imtihon javoblarini tekshirishga va suhbat bo‘yicha komissiya faoliyatiga boshqa idoralar vakillari kuzatuvchilar va mutaxassislar sifatida jalb qilindi;

– imtihon biletlari avtomatik tarzda elektron generatsiya qilindi;

– imtihonni olish, uning javoblarini tekshirish va suhbat jarayoni to‘liq videotasvirga olinmoqda;

– har bir nomzodga identifikatsion raqam berildi va imtihon javoblari to‘liq shifrlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: