Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi.
Hujjat Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 17 avgustda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019 yil 23 avgustda ma'qullangan.
Qonunga ko‘ra, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta'minlashning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
demokratizm;
xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi;
jins bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘yilmasligi;
ochiqlik va shaffoflik.
Xotin-qizlar va erkaklar davlat tomonidan kafolatlangan teng huquq hamda imkoniyatlarga ega bo‘ladi.
Quyidagilar jins bo‘yicha kamsitish hisoblanmaydi:
bola tug‘ish va ona suti bilan oziqlantirish vazifalari bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishda farqlarni belgilash;
qonunda belgilangan tartibda muddatli harbiy xizmatga chaqirish;
ushbu Qonun asosida gender siyosati amalga oshirilishini ta'minlashga doir vaqtinchalik maxsus choralar ko‘rish;
xotin-qizlar va erkaklar mehnatini muhofaza qilishda ularning reproduktiv salomatligini saqlash xususiyatlari;
majburiyatlar faqat muayyan jinsdagi shaxslar tomonidan bajarilishi mumkinligiga asoslangan holda kasbiy malakaga doir tavsiyalar berish;
qamoqda saqlash, jazoni ijro etish joylarida saqlash tartibi va shartlarini hamda huquqiy jihatdan ta'sir ko‘rsatishning boshqa choralarini tartibga solishda farqlarni belgilash;
xotin-qizlarning jamiyatdagi ijtimoiy mavqeini mustahkamlashga, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlashga qaratilgan ijobiy choralar.
Davlat xotin-qizlar va erkaklarga shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni amalga oshirish chog‘ida teng huquqlilikni kafolatlaydi.
Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, saylov jarayonida teng ishtirok etishni, sog‘liqni saqlash, ta'lim, fan, madaniyat, mehnat va ijtimoiy himoya sohalarida, shuningdek davlat va jamiyat hayotining boshqa sohalarida teng huquq hamda imkoniyatlar ta'minlanishini kafolatlaydi.
Xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasida haqiqiy tenglikka erishish, jamiyat hayotining barcha sohalarida ularning ishtirokini kengaytirish, jins bo‘yicha bevosita va bilvosita kamsitishni bartaraf etish hamda ularning oldini olish maqsadida davlat tomonidan gender siyosati amalga oshirilishini ta'minlashga doir vaqtinchalik maxsus choralar ko‘riladi.
Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining gender-huquqiy ekspertizasi davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan faoliyatning tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi.
Normativ-huquqiy hujjatning yoki uning loyihasining xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta'minlash prinsiplariga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda, gender-huquqiy ekspertiza xulosasi ushbu normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqqan yoki qabul qilgan organga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.
Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining gender-huquqiy ekspertizasi:
jins bo‘yicha bevosita va bilvosita kamsitish imkonini yaratadigan normativ-huquqiy hujjatning yoki uning loyihasining xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta'minlash prinsiplariga muvofiq emasligini aniqlashga;
jinsi bo‘yicha bevosita va bilvosita kamsitish imkonini yaratadigan normativ-huquqiy hujjat loyihasini qabul qilish oqibatlarini umumiy baholashga;
normativ-huquqiy hujjatlarning qo‘llanilish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan, kamsitish xususiyatiga ega xavflarni aniqlashga;
jinsi bo‘yicha bevosita yoki bilvosita kamsitishga yo‘l qo‘yadigan, aniqlangan normalarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan tavsiyalarni ishlab chiqishga qaratilgandir.
Davlat statistika organlari gender ko‘rsatkichlari asosida jamiyat hayotining barcha sohalarida xotin-qizlar va erkaklarning holatini aks ettiradigan statistik axborotni yig‘ishni, unga ishlov berishni, uni to‘plashni, saqlashni, tahlil qilishni va e'lon qilishni amalga oshiradi.
Gender ko‘rsatkichlarini shakllantirish:
davlat statistika organlari tomonidan amalga oshiriladigan davlat statistik kuzatuvlariga;
davlat boshqaruvi organlarining ma'muriyatga oid ma'lumotlariga;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan muntazam ravishda amalga oshiriladigan statistik kuzatuvlarga asoslanadi.
Gender ko‘rsatkichlari fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining statistik ma'lumotlari asosida ham shakllantirilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy
Jahon | 23:10 / 19.07.2025
-
Xitoy Tibetda dunyodagi eng yirik GES qurishni boshladi
Jahon | 22:48 / 19.07.2025
-
Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda
Jahon | 22:12 / 19.07.2025
-
Klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi bor - Qudbiyev
Iqtisodiyot | 21:56 / 19.07.2025
Mavzuga oid

08:10 / 17.07.2025
Rossiya hukumati xorijliklarning aksiyalarni qaytarib sotib olishiga taqiqni ma’qulladi

16:44 / 08.07.2025
Yo‘llarni loyihalashtirishda aholi fikrini inobatga olish mexanizmi o‘rnatiladi

11:42 / 19.06.2025
Ijro hujjatlari ma’lumotlarini qamrab olgan Majburiyatlar reyestri yuritiladi

11:56 / 12.06.2025