Janubiy Koreyaning Yaponiyadagi elchixonasiga o‘q solingan maktub keldi

Jahon 09:50 / 03.09.2019 7162

Janubiy Koreyaning Yaponiyadagi elchixonasiga o‘q solingan va tahdidlar bildirilgan maktub keldi. Bu haqda Asahi yapon nashri xabar berdi. Maktubda uni jo‘natgan kimsa Janubiy Koreya fuqarolariga qarshi o‘qotar qurol qo‘llash bilan tahdid qilgan.

Elchixona ushbu holat yuzasidan yapon politsiyasiga murojaat qilgan, tergov olib borilmoqda.

Ushbu voqea Janubiy Koreya va Yaponiya munosabatlaridagi jiddiy inqiroz vaqtida yuz berdi.   

Ko‘proq yangiliklar: