Ispaniyada buqa 17 kishini yaraladi

Jahon 00:15 / 03.09.2019 10382

Ispaniyada milliy ermak hisoblangan “enserro” – “buqalar yugurishi” vaqtida 17 kishi jarohat oldi. Bu haqda Vanguardia nashri xabar bergan. 

Voqea Jirona viloyatining Vidreres shahrida yuz bergan. Yugurishga tayyorlanayotgan buqa noma'lum sabablarga ko‘ra to‘siq ustidan sakrab, tribunalardagi odamlar tomon bostirib borgan. Sarosima va tiqilinch vaziyatni yanada og‘irlashtirgan.

Natijada politsiya qurol qo‘llab, buqani otib tashlashiga to‘g‘ri kelgan.

Ko‘proq yangiliklar: