Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xabib Nurmagomedov navbatdagi raqibini Konor Makregordan mahoratliroq deb atadi

Foto: Getty Images
Rossiyalik aralash yakkakurash jangchisi Xabib Nurmagomedov Abu-Dabida UFC 242 musobaqasi doirasida Dastin Porega qarshi o‘tkazadigan jangi oldidan OAV vakillari bilan suhbatlashdi. U navbatdagi raqibini avvalgi raqibi Konor Makregor bilan solishtirgan.
“Fikrimcha, Dastin Konordan biroz farq qiladi, biroq farq kattamas. U ham zarbdor. Dastin Konordan ko‘ra MMAning mukammalroq jangchisi hisoblanadi. Pore yengil divizionda ancha baquvvat yigitlarni mag‘lub etgan, biroq Makgregor bizning vazn toifamizda g‘alaba qozonganini eslay olmayman”, deb aytgan dog‘istonlik jangchi.
Xabibning ta'kidlashicha, Dastin tajribali jangchi.
“Dastin unvon uchun jangga sazovor bo‘ldi. Unda katta, yaxshi tajriba bor. U katta janglarda kuchli raqiblar bilan mushtlashgan”, deb ta'kidlab o‘tgan Xabib.
Xabib Konorni chempionlik unvonining birinchi himoyasida mag‘lub etgan. Uning Porega qarshi jangi 7 sentyabrda Abu-Dabida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid

10:59 / 24.01.2021
UFC 257. Markaziy jangda Pore Makgregorni nokautga uchratib, revansh oldi

08:00 / 26.11.2019
Xabib Nurmagomedov keyingi jangini Toni Fergyusonga qarshi o‘tkazadi

00:44 / 18.09.2019
Xabib Nurmagomedov faoliyatini yakunlagach kim bo‘lmoqchiligini aytdi

21:36 / 15.09.2019