Sport | 00:46 / 02.09.2019
6342
2 daqiqa o‘qiladi

«Atletiko» kambekni amalga oshirib, 90-daqiqada g‘alaba to‘pini kiritdi

Foto: Twitter/LaLiga

La Liganing 3-turidan o‘rin olgan «Atletiko» va «Eybar» jamoalari o‘rtasidagi mezbonlarning irodali g‘alabasi bilan yakunlandi. E'tiborlisi, «Atletiko» 2 ta to‘p farqi bilan yutqaza turib, g‘alabaga erishdi.

«Eybar» tarkibidan Sharles va Arbilya  gol urishgan bo‘lsa, madridliklar tarkibidan to‘plarni Joau Felish, Vitolo va Tomas kiritishdi.

Ma'lumot uchun, ushbu o‘yinda Joau Felish La Ligadagi dastlabki golini urishga muvaffaq bo‘ldi.

La Liga, 3-tur

Atletiko – Eybar 3:2
«Visente Kalderon»

Gollar: Felish (27), Vitolo (52), Tomas (90) – Sharles (7), Arbilya (19).
Atletiko: Oblak, Ximenes, Tripper, Ermoso, Lodi, Lorente (Vitolo, 46), Saul, Lemar (Rikelme, 78), Koke, Felish (Tomas, 84), Kosta.
Eybar: Dmitrovich, Arbilya, Texero, Ramis, Alvares (Oliveyra, 55), Leon (Korrea, 86), Diop, Eksposito, Inui, Orelyana, Sharles (Kike Garsiya, 63).
Ogohlantirishlar: Inui (4), Orelyana (15), Dmitrovich (69).

Mavzuga oid