Erdo‘g‘an: Turkiya AQSh bilan kelishmasdan Suriyada operatsiya boshlashi mumkin

Jahon 13:55 / 01.09.2019 10800

Turkiya yaqin haftalar ichida AQSh bilan turk harbiylarining nazorati borasida kelisha olmasa, Suriyada Frot sharqida o‘zining operatsiya rejasini amalga oshirishga kirishishi mumkin. Bu haqda mamlakat prezidenti Tayyip Erdo‘g‘an.

Avvalroq Anqara va Vashington Suriya shimolida hamkorlikdagi operatsiyalar va xavfsizlik hududi bo‘yicha koordinatsion markaz tashkil etish to‘g‘risida kelishib olgandi. Rasmiy Damashq bu rejaga qat'iyan qarshi chiqqandi.

"Agarda bir necha hafta ichida harbiylarimiz Frot sharqini nazorat qilmaydigan bo‘lsa, biz o‘z operatsiya rejamizni amalga oshiramiz. Bizda vaqt va sabr qolmadi. Hech kim IShIDni bahona qilib bizni aldashga urinmasin. Biz deyarli yo‘q qilgan terrorchilik tashkiloti (suriyalik kurdlar mudofaa kuchlari) ittifoqchimiz (AQSh)ning ortiga berkinib olgani bizga muammo keltirib chiqarmoqda", - dedi Erdo‘g‘an.

U Turkiya NATO a'zoligi va ittifoqchilaridan voz kechish niyatida emasligini qo‘shib qo‘ydi.

Ko‘proq yangiliklar: