Chempionlar Ligasining 2021 yilgi finali Rossiyada o‘tkaziladi

Sport 21:40 / 30.08.2019 9803

Chempionlar Ligasi finalining 2021 yilgi finali Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘tkaziladi, deb xabar beradi APnews.

UYeFA qaroriga ko‘ra, hal qiluvchi bahsni «Zenit Arena» stadioni qabul qiladi.

Shuningdek, 2022 yilgi final Myunxendagi «Alyans Arena»da, 2023 yilgi final Londondagi «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar Ligasining bu mavsumi finali Istanbuldagi Otaturk Olimpiada stadionida o‘tkaziladi.

Ko‘proq yangiliklar: