Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning eng serdaromad tennischilari reytingi e'lon qilindi

Foto: AP
Shveytsariyalik tennischi Rojyer Federer Forbes nashri talqiniga ko‘ra, qatorasiga 14-marta dunyoning eng serdaromad tennischilari reytingida yetakchilik qilmoqda.
Ma'lum qilinishicha, tennischi 2018 yil 1 iyunidan 2019 yil 1 iyunigacha o‘zi uchun rekord miqdordagi mablag‘ – 93,4 mln dollar ishlab topdi. Bu qiymatga musobaqalardan olingan mukofot pullari (7,4 mln dollar) hamda homiylik shartnomalari va reklama uchun gonorarlar (86 mln dollar) kirgan.
Keyingi o‘rinlarni serbiyalik Novak Jokovich (50,6 mln dollar), yaponiyalik Key Nisikori (37,3 mln dollar) va ispaniyalik Rafael Nadal (35 mln dollar) egallamoqda. 5-o‘rinni amerikalik ayol tennischi Serena Uilyams (29,2 mln dollar) egallab, u shuningdek ayol tennischilar orasida eng serdaromad tennischi bo‘ldi.
“Federer, Jokovich va Nadal 2004 yildan boshlab “Katta dubulg‘a”ga kiruvchi 63 ta musobaqadan 53 tasi, jumladan oxirgi 11 tasida g‘alaba qozongan. Kortda hukmronlik qilish ushbu uchlikka umumiy hisobda 373 mln dollar mukofot puli keltirgan va buning evaziga ular o‘z hamkasblarini ko‘p yorug‘lik yillariga ortda qoldirishgan”, deyilgan nashrda.
Yetakchi o‘ntalikka, shuningdek, yaponiyalik ayol tennischi Naomi Osaka (24,3), Germaniya vakillari Aleksandr Zverev (11,8) va Anjyelika Kerber (11,3), ruminiyalik Simona Xalep (10,2) va amerikalik Sloan Stivens (9,6) kirgan.
Umumiy hisobda yetakchi o‘ntalikdan joy olgan tennischilar 312 mln dollar ishlab topishgan, bu esa 2018 yildagiga nisbatan 23 foiz ko‘proqni tashkil qilgan.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
AQSh Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam ajratishni ma’qulladi
Jahon | 02:32
-
Dubayda bosh oshpaz rolini sun’iy intellekt bajaradigan restoran ochiladi
Fan-texnika | 01:29
-
Shavkat Mirziyoyev mahalla inspektori bo‘lgan katta leytenantga kapitan unvonini berdi, fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:54 / 11.07.2025
Mavzuga oid

19:43 / 24.09.2022
Rojyer Federer faoliyatidagi eng so‘nggi bahsni o‘tkazdi

19:58 / 15.09.2022
Rojyer Federer faoliyatini yakunlashini e’lon qildi

00:23 / 02.03.2021
Novak Jokovich Rojyer Federer rekordini takrorladi

00:08 / 03.12.2019