Rojyer Federer faoliyatini yakunlashini e’lon qildi
41 yoshli tennischi sentabrda bo‘lib o‘tadigan Leyver kubogi faoliyatidagi oxirgi musobaqa bo‘lishini aytgan.

Foto: AFP
Shveytsariyalik tennischi Rojyer Federer faoliyatini yakunlashini e’lon qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, 41 yoshli tennischi sentabrda bo‘lib o‘tadigan Leyver kubogi faoliyatidagi oxirgi musobaqa bo‘lishini aytgan.
«Ko‘pchiligingiz bilasiz, oxirgi uch yilda jarohat va operatsiyalar menga muammolar keltirdi. To‘liq sport formasiga qaytish uchun ko‘p mehnat qildim. Ammo o‘z tanamning imkoniyat va chegaralarini ham bilaman», — dedi sportchi.
Avgust oyida Federer eng ko‘p daromad topgan tennischilar ro‘yxatida yetakchi bo‘lgandi. U musobaqalardan tashqarida 90 mln dollar ishlagan.
Rojyer Federer faoliyati davomida «Ulkan dubulg‘a» turkumidagi musobaqalarda 20 marta g‘alaba qozongan. U shuningdek, 2008 yilgi Olimpiada o‘yinlarida oltin va 2012 yilgi o‘yinlarda kumush medalga sazovor bo‘lgan.
Mavzuga oid

23:10 / 20.02.2025
Zelimxon Haydarov Tennis federatsiyasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi

17:50 / 17.02.2025
Botir Rahimov tennis federatsiyasiga rais bo‘ldi

16:46 / 26.01.2025
Yannik Sinner yana Australian Open g‘olibi bo‘ldi

08:00 / 05.08.2024