Sergelida ikki qavatli yo‘l qurish taklif etildi 

Jamiyat 12:13 / 23.08.2019 8160

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida Sergeli tumanida yangi ikki qavatli yo‘l qurish haqida petitsiya e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, hozirgi kunda avtotransport vositalari tirbandligi masalasini hal etish asosiy muammolardan biridir. Bu borada turli xil o‘ziga xos yechimlar mavjud. 

“Shunday choralardan biri sifatida Sergeli tumanidagi tirbandlikni bartaraf etish maqsadida yangi 2 qavatli yo‘l qurish zarur deb hisoblaymiz. Buning uchun, birinchidan, Farhod ko‘chasining Janubiy vokzal oldidagi tugash joyidagi ko‘prikdan, yo‘lni ikkinchi qavat qilib davom ettirib Sergeli-Qo‘yliq yo‘liga ulash. Ikkinchi taklif: Farhod ko‘chasining Janubiy vokzal oldidagi tugash joyidagi ko‘prikdan boshlab, hozirgi yo‘l ustidan ikkinchi qavat qilib yo‘l qurish va Sergeli yarmarkasigacha davom ettirish”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Petitsiyada tumandagi tirbandlik va noqulayliklarni bartaraf etish maqsadida Sergeli tumanida yangi ikki qavatli yo‘l qurish taklif qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: