Senat raisi: «Qonun normalariga e'tiborsizlik O‘zbekiston obro‘siga putur yetkazadigan axborotlar tarqalishiga olib kelmoqda»

O‘zbekiston 12:46 / 23.08.2019 8729

Internetda O‘zbekistonning xalqaro imijiga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi axborotlarning tarqalishi – ba'zi hollarda mavjud qonunchilik normalariga e'tiborsiz yondashuv oqibatidir, deb bayonot berdi Senat raisi Tanzila Norboyeva.

«Turli ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan va mamlakatimiz obro‘siga putur yetkazayotgan axborot hamda u bilan bog‘liq xurujlarning sabablaridan biri ham ba'zi hollarda qonunlardagi qat'iy normalarga e'tiborsiz yondashuvning oqibatidir.

O‘z navbatida, bugungi yalpi majlis kun tartibiga kiritiladigan qonunlar va boshqa dolzarb masalalar mavjud muammolarning yechimini topish, har bir sohada qonuniylikni so‘zsiz ta'minlashga xizmat qiladi», – deya Tanzila Norboyevaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Avvalroq Norboyeva Senat a'zolarini amalga oshirishning aniq mexanizmi mavjud bo‘lmagan umumiy tusdagi qonunlarni ma'qullash amaliyotidan to‘liq voz kechishga chaqirgani xabar qilingan edi.

Ko‘proq yangiliklar: