Rossiya kompaniyasi Shvarsenegger va Jyeki Channi sudga berdi

Foto: Instagram
"Russkaya film gruppa" (RFG) boshqaruvchisi, "Alvasti 3D" filmini yaratgan kompaniya China Film Group kompaniyasini hamda Arnold Shvarsenegger va Jyeki Channi sudga berdi, deb yozmoqda "Vedomosti".
Rossiya kompaniyasi ushbu aktyorlar qatnashgan "Alvasti 3D" sikvelining Xitoydagi omadsiz namoyishidan so‘ng 216 million rubl talab qilishmoqda. Filmni RFG moliyalashtirgan, ammo hozircha undan daromad ololmayapti.
Prodyuser Aleksey Petruxin RFGning talablarini istiqbolsiz deb hisoblamoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, mablag‘larni kompaniya emas, kino fondi ajratgan.
Dam olish kunlaridagi ilk namoyishlarda film ikki million dollardan sal ko‘proq pul to‘plagan.
Mavzuga oid

21:55 / 13.07.2021
Jyeki Chan Xitoy kommunistik partiyasiga a'zo bo‘lmoqchiligini ma'lum qildi

21:22 / 29.03.2020
Jyeki Chan qozog‘istonliklarni qo‘llab-quvvatladi

15:51 / 05.03.2020
Shvarseneggerning da'vosidan so‘ng unga qiyofadosh robot yo‘q qilinadigan bo‘ldi

16:23 / 09.02.2020