Jyeki Chan qozog‘istonliklarni qo‘llab-quvvatladi   

Jahon 21:22 / 29.03.2020 27245

Aktyorning murojaatini Qozog‘iston prezidenti maslahatchisi Yerlan Karin Instagram’dagi sahifasida joylagan

Karinning ta'kidlashicha, Jyeki koronavirusga chalingani haqida mish-mishlar tarqalgandan keyin qozog‘istonliklar uning sog‘lig‘idan qayg‘urishganidan ta'sirlangan.

“Ba'zi jurnalistlar va oddiy qozog‘istonliklar unga tezroq sog‘ayib ketishni tilashgan. O‘shanda men bu haqda Jyekining jamoasiga xabar qilgandim. O‘shandayoq bu xabar feykligi ma'lum bo‘lgan. Biroq Jyeki Chan qozog‘istonliklarning uning sog‘lig‘idan qayg‘urishganidan ta'sirlangan. Va yaqinda men bilan Xitoydagi umumiy do‘stlarimiz bog‘lanishib, u ham qozog‘istonliklarni bunday og‘ir sharoitda qo‘llab-quvvatlamoqchi ekanligini ma'lum qilishdi. Bugun ertalab esa undan mana shunday video oldim”, deb yozgan Karin.

“Falokatlar shafqatsizdir, biroq ular odamlar qalbidagi muhabbat oldida ojizdir. Biz bir-birimizga yordam berishimiz lozim. Va shubhasiz yangi virusga qarshi urushda g‘alaba qilamiz. Kuchli bo‘l, Xitoy! Kuchli bo‘l, Qozog‘iston. Biz birgemiz. Bardam bo‘ling”, deb aytgan aktyor videomurojaatida.

Aktyorning koronavirusga chalingani haqida mish-mishlar fevralda paydo bo‘lgandi. Xitoyning bir qator OAVlarida aktyor koronavirusga chalingan kishi ishtirok etgan ziyofatda bo‘lgandan keyin shifoxonaga yotqizilganini ma'lum qilgan.

Keyinroq aktyor sog‘lom ekanini ma'lum qilib, uning sog‘lig‘idan qayg‘urgan barchaga minnatdorlik bildirgan.

Ko‘proq yangiliklar: