Murojaatga javob: Uzun tumani hokimligi tadbirkorlarga qulay shart-sharoitlar yaratib berish choralarini ko‘rishni va'da qildi

Jamiyat 20:44 / 23.08.2019 2258

Kun.uz saytida 2019 yilning 21 avgust kuni e'lon qilingan «Uzundagi xaridorsiz bozor: tadbirkorlar sarson, mutasaddilar esa muammoga yechim topish bilan band» sarlavhali material yuzasidan Uzun tumani hokimligi tahririyatga rasmiy bayonot taqdim etdi.

Uzun tuman hokimining birinchi o‘rinbosari U.Alimov imzosi bilan tahririyatga kelgan bayonotda quyidagilar ma'lum qilingan:

«O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyovning 2018 yil 19–20 yanvar kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari va Qiziriq tumanida kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan majlis bayonining 30-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Uzun tuman markazidan o‘tuvchi O‘zbekiston shohko‘chasi, Bahoriston ko‘chasi va temir yo‘l kesishmasini qamragan holda batafsil rejalashtirish loyihasi ishlab chiqildi.

O‘tgan vaqt mobaynida tumanning Bosh rejasi va batafsil rejalashtirish loyihasini amalga oshirish maqsadida Uzun tumani markazidan o‘tuvchi O‘zbekiston shohko‘chasi, Bahoriston ko‘chasi va temir yo‘l kesishmasini qamragan holda qayta rekonstruksiya qilish va shu ko‘cha bo‘ylab buzilishga tushgan turar va noturar binolarni buzib olish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston shohko‘chasida joylashgan Uzun dehqon (oziq-ovqat) bozori faoliyati shaharsozlik talablariga javob bermasligi sababli to‘xtatilib, Bahoriston ko‘chasi yoqasida joylashgan 1,8 gektar yer maydonida 592ta savdo rastasi, 60ta savdo do‘koni, 3ta umumiy ovqatlanish nuqtasiga ega bo‘lgan dehqon bozori yangidan qurildi. Sobiq dehqon bozori ichida va uning atrofida joylashgan savdo do‘konlari buzib olinib, N.Ramazonov ko‘chasida yangidan qurilgan dehqon bozoriga ko‘chirilgan. 

Dehqon bozoridan bo‘shagan yer maydoni o‘rnida Obizarang daryosining muhofaza hududi saqlangan holda umumiy ovqatlanish nuqtasi qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shu maqsadda uning 0,3 ga yer maydoni dehqon bozori hududida buzilgan savdo do‘konining kompensatsiya to‘lovi o‘rniga fuqaro Zulxumor Aminova ajratib berildi. Hozirda tadbirkor tomonidan loyiha-smeta hujjatlari asosida umumiy ovqatlanish nuqtasi qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, tuman markazidan o‘tuvchi O‘zbekiston shohko‘chasi, Bahoriston ko‘chasi va temir yo‘l kesishmasi atrofidagi va dehqon bozori ichidagi buzilgan savdo do‘konlari egalariga kompensatsiya to‘lovlari o‘rniga avvalgi savdo do‘konlarining yer maydoni hajmiga qarab, «Qarashiq» mahallasi, shuningdek, O‘zbekiston hamda N.Ramazonov ko‘chalari hududidan yer maydoni ajratib berish taklif etildi. Hozirda tuman hokimligi va mulk egalari o‘rtasida mazkur takliflar bo‘yicha kelishuv bitimlari tuzilmoqda.

Qolaversa, tumanning N.Ramazonov ko‘chasida qurilgan yangi dehqon bozoriga borish uchun aholiga qulaylik yaratish maqsadida tuman markazidan o‘tuvchi temir yo‘l liniyasi ustidan O‘zbekiston shohko‘chasi va N.Ramazonov ko‘chalarini bog‘lovchi yo‘l o‘tkazishga ruxsat olish uchun Respublika transport vazirligiga taklif tayyorlanmoqda.

Uzun tumani hokimligi tadbirkor va fuqarolarga qulay shart-sharoitlar yaratib berish choralarini ko‘radi». 

Ko‘proq yangiliklar: