Madaniyat tizimidagi xalqaro tanlovlarda ishtirok etish uchun qanday tartibda pul ajratiladi?

O‘zbekiston 21:50 / 23.08.2019 3249

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Madaniyat vazirligi mas'ul xodimlari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda mutasaddilar Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan mamlakat yoshlarining xalqaro toifadagi tanlov va festivallarda ishtirok etishlari uchun qanday tartibda mablag‘ ajratilishini tushuntirib berdi.

«Avvalo, o‘tkaziladigan xalqaro tanlov yoki forumning jahon miqyosidagi statusiga e'tibor beriladi. Agar unda qatnashish orqali yoshlarimiz O‘zbekistonni xalqaro doirada tanitishga xizmat qilsa, albatta, pul ajratiladi», deydi Jamg‘armaning loyihalarni amalga oshirish va strategik rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Elmurod Najimov.

Shuningdek, Elmurod Najimovning qo‘shimcha qilishicha, jamg‘arma hisobidan xorijiy tanlovlarda qatnashishni xohlovchilar elektron yoki qog‘oz shaklidagi ariza bilan jamg‘armaga murojaat qilishlari lozim. Tanlov haqida o‘rganib chiqilganidan so‘ng mutasaddilar tomonidan javob xulosasi beriladi. 

Ko‘proq yangiliklar: