Hukumat dori vositalari ta'minoti bo‘yicha yangi qaror qabul qiladi

O‘zbekiston 12:19 / 23.08.2019 10082

Vazirlar Mahkamasining “Aholi va tibbiyot muassasalarini dori vositalari bilan ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.

Hujjat aholining dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojini ta'minlash, “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasini boshqarish samaradorligini oshirish, xo‘jalik jamiyatlari ustav fondidagi davlat ulushlarini samarali boshqarishni tashkil etish maqsadida qabul qilinishi mumkin.

Qaror loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi hamda “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi aksiyadorlarining “Qashqadaryo dori-darmon” davlat unitar korxonasining mulkchilik shaklini mas'uliyati cheklangan jamiyatga o‘zgartirib, uning ustav fondidagi 100 foiz davlat ulushini “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi ustav fondiga davlat ulushini oshirish hisobiga berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Qashqadaryo dori - darmon” davlat unitar korxonasining mulkchilik shaklini mas'uliyati cheklangan jamiyatga o‘zgartirish hamda uning ustav fondidagi 100 foiz davlat ulushini belgilangan tartibda “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi ustav fondiga davlat ulushini oshirish hisobiga berish choralarini ko‘radi.

Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari E.M. G‘aniyev va O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.Ya. Haydarov zimmasiga yuklanadi.

Ko‘proq yangiliklar: