Budjet mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan kasalliklar ro‘yxati tasdiqlandi

O‘zbekiston 11:50 / 23.08.2019 24915

Tegishli ro‘yxat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi, deb yozmoqda Norma.

Eslatib o‘tamiz, ayrim toifadagi shaxslarga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladi. Ularning barchasi alohida ro‘yxatda sanab o‘tilgan. Bunda ularni ikki mezon bo‘yicha tasniflash mumkin:

• tibbiy yordam ko‘rsatish joyi: istalgan respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazida (1–11-bandlar) yoki aniq nomi aytilgan bitta markazda (12-16-bandlar);

• kasallik turi: ahamiyatli emas (1–9, 11-bandlar) yoki alohida ro‘yxat bilan belgilangan (10, 12–16-bandlar).

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan hujjat aynan imtiyozga ega shaxslarning oxirgi guruhiga taalluqlidir. Unda quyidagilar ko‘rsatilgan:

• 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar kasalliklarining 22 guruhi;

• homilador ayollar kasalliklarining 16 guruhi (turi), ularni Respublika akusherlik va ginekologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazida davolaydilar;

• endokrin kasalliklarning 37 guruhi (turi), bunda Respublika endokrinologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatiladi (18 va undan katta yoshdagilarda 16; 18 yoshgacha – 21);

• jinsiy yo‘l bilan yuqtiriladigan kasalliklarning 40 guruhi (turi), ular aniqlanganda Respublika dermatovenerologiya va kosmetologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga murojaat qilinadi (18 yoshga to‘lmagan va 18 yoshdan oshgan shaxslarda 20);

• ftiziatriya va pulmonologiya sohalariga tegishli kasalliklarning 3 guruhi, ularni Respublika ftiziatriya va pulmonologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazida davolaydilar (18 yoshdan oshgan shaxslarda 2 guruh va 18 yoshgacha bo‘lganlarda 1 guruh);

• onkologiya kasalliklarining 13 guruhi, bunda Respublika onkologiya va tibbiy radiologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan tibbiy xizmat ko‘rsatiladi (balog‘at yoshiga yetgan bemorlarda 11 guruh, 18 yoshga to‘lmaganlarda – 2 guruh). 

Mazkur ro‘yxatda belgilangan kasalliklarga chalingan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq davolanadi.

Hujjat 15.08.2019 yildan kuchga kirdi.

Ko‘proq yangiliklar: