«UzAuto Motors»ning Qashqadaryodagi rasmiy dileri o‘z faoliyatini boshladi

Jamiyat 19:00 / 22.08.2019 11245

«Qashqadaryo Avtotexxizmat» mas'uliyati cheklangan jamiyati 2019 yilning 15 avgustidan boshlab, DSD-№2019-82-sonli dilerlik shartnomasiga asosan «UzAuto Motors» (AJ) aksiyadorlik jamiyatining rasmiy dileri sifatida faoliyatini qayta boshladi.

Jamiyat «UzAuto Motors» AJda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar savdosini samarali tashkil etish, ushbu avtomobillarga savdo oldi va savdodan keyingi 3 yillik kafolatli texnik servis xizmatini ko‘rsatish, zarur ehtiyot qismlarni yetkazib berish, barcha turdagi avtotransport vositalarini ta'mirlashni yo‘lga qo‘ydi.

2013 yili «UzAuto Motors» talablari asosida qurilgan avtosalonda «UzAuto Motors» avtomobillari savdosini amalga oshirish va tashrif buyurgan xaridorlarga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun barcha qulayliklar mavjud.

Bu yerda siz «UzAuto Motors» ishlab chiqarayotgan barcha turdagi, ya'ni «Damas»,«Labo»,«Spark», «Nexia 3», «Lacetti», «Cobalt»,«Tracker» va «Malibu»  avtomobillari uchun shartnoma tuzishingiz mumkin. Bundan tashqari, avtosalonda  «UzAuto Motors» aksiyalarida faol ishtirok etish imkoniyati taqdim etiladi. Qayd etish o‘rinliki, yaqin orada avtomobillar savdosini samarali tashkil etish bo‘yicha jamiyat tomonidan o‘tkaziladigan aksiyalar to‘g‘risida OAV orqali xabar berish rejalashtirilmoqda.

MChJ tomonidan mijozlarga xizmat ko‘rsatish turini kengaytirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar avtomobillariga o‘rnatilgan propan va metanli gaz balonlarini, aholi foydalanishida bo‘lgan maishiy gaz balonlarini sinovdan o‘tkazish shoxobchasi faoliyati ham yo‘lga qo‘yildi. Bu yerda siz avtomobilingizning propan va metanli gaz balonlarini, xonadoningizda foydalanayotgan maishiy gaz balonlarini hamyonbop narxlarda sinovdan o‘tkazishingiz, gaz uskunalarini malakali mutaxassislarga ta'mirlatishingiz mumkin.

Shu bilan birga, avtosalon qoshida mijozlar og‘irini yengil qilish maqsadida «Avtomobillarni majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchastkasi» faoliyati tashkil etildi. Bu yerda maxsus texnik asbob va jihozlar yordamida avtomobilingizning soz yoki nosozliklarini tekshirishingiz va yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limlarida majburiy texnik ko‘rikdan o‘tish uchun belgilangan ma'lumotnomani rasmiylashtirish mumkin.

Bundan tashqari, jamiyatda «Barcha turdagi avtotransport vositalariga texnik servis xizmati ko‘rsatish majmuasi» mavjud bo‘lib, quyidagi texnik servis xizmatlari ko‘rsatiladi:

  • «Ckaner MDI» orqali avtomobillar nosozliklariga tashxis qo‘yish va aniqlash;
  • Avtomobillarga yangi kuzovlar o‘rnatish, eski kuzovlarni ta'mirlash va buyoq ishlarini bajarish;
  • Dvigatellarni ta'mirlash;
  • Elektr jihozlarini ta'mirlash;
  • Avtoshinalarni ta'mirlash;
  • Yurish qismini ta'mirlash ishlari;
  • Rul mexanizmini ta'mirlash ishlari;
  • Tormoz tizimini ta'mirlash ishlari;
  • Gaz taqsimlash mexanizmlarini ta'mirlash ishlari;
  • Avtomobillarni yuvish;
  • G‘ildiraklarning balansirovka ishlari;
  • Avtomobil g‘ildiraklarining og‘ish burchaklarini sozlash ishlari;
  • Avtomobillarning uzatmalar qutisini ta'mirlash;
  • Konditsionerlarni ta'mirlash va freon to‘ldirish ishlari;
  • Tokarlik ishlari;
  • Gilzalarni sayqallash ishlari;
  • Tyuning va shovqinga qarshi moslamalar o‘rnatish.

Qayd etish joiz, jamiyat ko‘rsatilgan ta'mirlash ishlari uchun ham kafolat muddati taqdim etish amaliyotini joriy qilgan. Bu muddat har bir texnik servis xizmat turiga qarab belgilanadi.

Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Qarshi-Beshkent yo‘nalishi, 10-uy

Telefonlar:

  • Avtomobillar savdosi bo‘yicha: +99875 2280990, +99875 2280255
  • Texnik servis xizmati bo‘yicha: +99875 2280472, +99875 2280532

Telegram: t.me/avtosalon_qarshi

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: