Tanzila Norboyeva: «Mahalliy kengash deputatlari faol emas, kuzatuvchi maqomiga tushib qolgan»

O‘zbekiston 15:31 / 22.08.2019 4650

Oliy Majlis Senati binosida ertangi XXI yalpi majlis oldidan Senat raisi Tanzila Norboyeva OAV xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Anjumanda bugungi kunda jamiyatda yuz berayotgan muammolarni hal qilish, o‘z vaqtida yechim topish zarurligiga urg‘u berildi. Bunda mahalliy kengash deputatlarning o‘rni naqadar muhimligi aytildi.

«Hozirgi kunda mahalliy kengash deputatlari faoliyatini qoniqarli, deb bo‘lmaydi. Ular faol emas, kuzatuvchi maqomiga tushib qolgan. Quyi bo‘g‘indagi, ya'ni tuman kengashlari jonliroq ishlaganida edi, aholining ko‘plab murojaatlari joyida ijobiy hal bo‘lgan bo‘lardi. Fuqarolar ulardan o‘z muammolariga yechim topa olishmaganidan keyin yuqori turuvchi organlarga arz-dodini aytishga majbur bo‘lmoqda. Vaziyatni tubdan o‘zgartirishimiz kerak. Shuncha uzoq yo‘l bosib, ortiqcha sarf-xarajat qilib kelishlarining oldini olishimiz shart. Muammoni qanday yechamiz? Eng avvalo, deputatlarni o‘qitishimiz zarur. Muammoni qanday hal qilishni o‘rgata olsak, murojaatlar soni kamayadi», deya Norboyevaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Norboyevaning qo‘shimcha qilishicha, keyingi yilning yanvar oyida deputatlarni o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yiladi va shundan keyin muammolar tizimli va o‘z vaqtida hal bo‘lishiga erishish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: