O‘zbekistonda 14-15 yoshli o‘smir bolalar o‘rtasida futbol musobaqasi bo‘lib o‘tadi

Sport 13:10 / 22.08.2019 10994

Coca-Cola kompaniyasi, O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi, Professional ligasi va respublika «Mahalla» xayriya jamg‘armasi hamkorlikda «Mahallaga mahalla» loyihasini ishga tushirmoqda. U ko‘cha futboli va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy qilinmoqda.

Ko‘cha futboli musobaqalarida 14-15 yoshlardagi 4 500 o‘smir o‘g‘il bolalar ishtirok etadi. Toshkentning 11 tumanida 508 jamoa o‘rtasidagi saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi. Har bir o‘yin 15 daqiqalik ikki taymdan iborat bo‘ladi. Ishtirokchilar olimpiya tizimi bo‘yicha kuch sinashadi. Ya'ni mag‘lub jamoa musobaqani tark etadi. Saralash o‘yinlari natijasiga ko‘ra, har bir tumandan bittadan - 11 jamoa finalga yo‘l oladi. Ular Coca-Cola superkubogi va «Mahallaga mahalla» musobaqasining mutlaq chempioni unvoni uchun kurashadi.

 

  • Bu loyiha – ijtimoiy loyiha bo‘lib, havaskor sporti, shu jumladan ko‘cha futbolini rivojlantirishda navbatdagi qadam bo‘ldi. Ishonamizki, bunday musobaqalarni o‘tkazish har bir mahalladagi yoshlar o‘rtasida sport va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishda yordam beradi, - deya izohladi O‘zbekiston Professional futbol ligasi matbuot kotibi Sherzod Rajabov.

Superkubok sovrini va «Mahallaga mahalla» musobaqasi chempionligi uchun final o‘yini sentabr oyida bo‘lib o‘tadi.

  • «Mahallaga mahalla» musobaqasi – o‘yin bo‘lib o‘tadigan har bir mahalla uchun unutilmas voqelik. Ishtirokchilar g‘alaba qozonishni xohlagani bois, maydonda haqiqiy kurash ketadi. O‘ylaymanki, musobaqalarda professional futbolchi bo‘lishni orzu qilayotgan haqiqiy iqtidor sohiblarini ham ko‘ramiz. Xorijda bunday loyihalar tez-tez tashkil etiladi va bunday musobaqalar ham havaskor va professional futbolni ommalashtirish va rivojlantirish bilan bog‘liq. Ishonamanki, ishtirokchilar har bir o‘yinni uzoq vaqt eslab yurishadi, chunki bu sportga bo‘lgan muhabbat, quvvat va drayv ifodasidir, - deya qayd etdi respublika Mahalla kengashi bo‘lim boshlig‘i Bahodir Nabixo‘jayev.

G‘olib jamoalar va musobaqa ishtirokchilarini tantanali taqdirlash marosimida o‘zbek futboli yulduzlari, O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi va Professional futbol ligasi rahbariyati vakillari, shuningdek, Coca-Cola O‘zbekiston vakillari jamoasi ham ishtirok etadi.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: