«Audi»dagi 105 kunlik «bayram» tugadi

O‘zbekiston 22:08 / 22.08.2019 18201

Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan Chilonzor tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati. 

Tadbir davomida xorijiy fuqaro S.N. tomonidan Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining «Oybek» chegara bojxona posti orqali qaytarib olib chiqish majburiyati bilan mamlakatimizga olib kirilgan «Audi» rusumli avtomashinani fuqaro S.A. o‘z ehtiyojlari yuzasidan noqonuniy tarzda boshqa davlat raqami belgisini taqib olib haydab yurgani ma'lum bo‘ldi.

Qonunbuzar fuqaro majburiyatnoma talablariga zid ravishda avtomashinani 105 kun mamlakat hududida noqonuniy tarzda boshqarganligi va natijada 27 million so‘m miqdorda bojxona to‘lovlarini to‘lamaganligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: