UzAuto Motors kompaniyasi Malibu Turbo va Tracker avtomobillariga bayramona chegirmalar taqdim etadi

Jamiyat 14:30 / 21.08.2019 78469

UzAuto Motors kompaniyasi avtomobil xarid qilish istagida bo‘lgan hamyurtlarimizni turli aksiya va takliflar bilan xursand qilishda davom etadi.

Endilikda Malibu Turbo hamda Tracker Premier AT xarid qilish istagida bo‘lgan xaridorlarda avtomobilni bayramona chegirma asosida xarid qilish imkoniyati mavjud.

Mustaqillik bayrami arafasida tashkil qilingan aksiya doirasida ushbu modeldagi avtomobillar uchun 100 foiz oldindan to‘lov amalga oshirgan xaridor 20 million so‘mgacha chegirmaga ega bo‘ladi.

Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan chegirmali narxlar quyidagicha:

Malibu Turbo 2.0 – 302 mln so‘m o‘rniga 282 mln so‘m;

Malibu Turbo 1.5 – 270 mln so‘m o‘rniga 250 mln so‘m;

Tracker Premier AT – 215 mln so‘m o‘rniga 190 mln so‘m.

Chegirmalar 2019 yilning 21 avgustidan 10 sentyabrga qadar amal qiladi. Orziqib kutgan avtomobilingizni foydali taklif asosida xarid qilishga ulgurib qoling, avtomobillar soni chegaralangan.

Sizga bayramona xarid tilab qolamiz!

Kompaniya xaridorlarga avtomobil xaridi jarayonida qulayliklar yaratish ustida doimiy harakatda. Biz bilan qoling!

«UzAuto Motors» AJ

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: