Bosh vazir namanganlik tadbirkorlar bilan uchrashdi

O‘zbekiston 13:10 / 21.08.2019 12215

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov 20 avgust kuni To‘raqo‘rg‘on tumanida namanganlik bir guruh tadbirkorlarni qabul qildi.

Kun.uz’ning uchrashuvda ishtirok etgan manbasi ma'lum qilishicha, qo‘shimcha yer maydonlari ajratish, kredit mablag‘larini olish, foydalanilmayotgan binolarni nol qiymatda olish, mahsulotlar eksporti uchun qo‘shimcha o‘tkazish punktlari ochish singari jami 30dan ortiq murojaatlar qabul qilindi. Tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning aksariyati joyida hal etildi.

Qolgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga topshiriqlar, tadbirkorlarga tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Ko‘proq yangiliklar: