Yilning eng yaxshi goli uchun beriladigan Pushkash sovriniga da'vogarlar e'lon qilindi

Sport 19:26 / 19.08.2019 17558

FIFA rasmiy saytida yilning eng yaxshi golini aniqlash uchun so‘rovnoma boshlandi.

Unda Ferens Pushkash nomidagi mukofot uchun quyidagi nominantlar ovozga qo‘yilgan: Mateus Kunya («RB Leypsig»), Zlatan Ibrahimovich («Los-Anjyeles Gelaksi»), Lionel Messi («Barselona»), Xuan Kintero («River Pleyt»), Fabio Kualyarella («Sampdoriya»), Endros Taunsend («Kristal Pelas»), Daniel Jori («Debretsen»), Billi Simpson («Kliftonvill Ledis»), Emi Rodriges («Yuta Royalz»), Adjara Nchut (Kamerun terma jamoasi).

Ovoz berish jarayoni 1 sentyabrga qadar davom etadi.

Eng ko‘p ovoz to‘plagan uch futbolchi oxirgi bosqichga chiqadi, ular urgan gollar orasidan FIFA afsonalari eng chiroylisini tanlab oladi.

2018 yilda mukofot «Liverpul» hujumchisi Muhammad Salohga nasib etgandi.

Eslatib o‘tamiz, FIFA iyul oyi oxirida yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar o‘nligini e'lon qilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: