Xitoy AQShni Tayvanga qiruvchi samolyotlar yetkazib berishi oqibatlaridan ogohlantirdi

Foto: REUTERS
Amerika tomoni Tayvanga yirik partiyadagi qurollarni yetkazib beradigan bo‘lsa Xitoy o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun javob choralarini qo‘llaydi. Xitoy TIV vakili Gen Shuan AQSh prezidentining Tayvanga 8 mlrd dollarlik 66ta qiruvchi samolyot yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnomani ma'qullagani haqidagi bayonotiga ana shunday izoh berdi.
"Xitoy AQShni Tayvanga Amerika qurollarini yetkazib berish jiddiy zarar ekanligini anglashga chaqiradi. Biz mazkur shartnomani zudlik bilan bekor qilishga va orol bilan harbiy-texnik hamda harbiy hamkorlikni to‘xtatishga chaqiramiz. Aks holda barcha oqibatlar uchun javobgarlik Amerika tomoniga tushadi. Xitoy tomoni vaziyatning rivojlanishidan kelib chiqib o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘radi", - deb ta'kiladi Gen Shuan.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoyning noroziliklariga qaramasdan Tayvanga F-16 qiruvchilarini sotish bo‘yicha shartnomani ma'qullaganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid

23:51 / 18.04.2023
Tayvan Xitoy tajovuziga qarshi 400 ta raketa sotib oladi

17:05 / 05.02.2022
Tayvan Xitoy va Rossiyaning qo‘shma bayonotiga norozilik bildirdi

02:16 / 22.11.2020
AQSh Tayvan bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

14:33 / 04.11.2020