Tramp ishtirokidagi namoyishga ishchilar tahdidlar ostida borishga majburlandi – OAV

Jahon 07:33 / 19.08.2019 11579

AQSh prezidenti Donald Trampning Pensilvaniya shtatidagi Shell kompaniyasi neft-kimyo kombinati ishchilari bilan uchrashuviga odamlar tahdidlar ostida borishga majburlandi. Bu haqda shtatning ikkinchi raqamli eng yirik shahri Pitsburgning Pitsburgh Post-Gazette nashri xabar berdi. 

Tramp bilan uchrashuv oldidan kombinat ishchilariga shart qo‘yilgan: ular namoyishga bormasliklari mumkin bo‘lgan, biroq bunday holatda ularning uchrashuvda yo‘qliklari pul to‘lanmaydigan ta'til sifatida qabul qilinib, ular qo‘shimcha haqlardan mahrum qilinardilar.
 
Kasaba uyushmalari yetakchilaridan birining aytishicha, ishchilar uchrashuvga bormasalar barcha ustama va safar pullari hisobga olinganda 700 dollarga yaqin pul yo‘qotishlari mumkin edi.

Shuningdek, ishchilar uchun yo‘riqnomada “norozilik deb baholanadigan hayqiriqlar, chiqishlar yoki boshqa harakatlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi” aytilgan. 
 
Trampning o‘zi esa uchrashuvdan mamnun qolgan.
 
“Pensilvaniya shtatida energetika tarmog‘ining ajoyib ishchilari, quruvchilar va mutaxassislar ishtirokidagi ajoyib kun. Ular tufayli Amerika to‘xtovsiz ishlamoqda va Amerika ular bilan faxrlanadi! Dunyoda hech kim sizlardan yaxshiroq ishlamaydi!”, deb yozgan Tramp namoyishdan keyin.


 
Oq uy matbuot xizmati tomonidan e'lon qilingan lavhalarda uchrashuv o‘tgan zal liq to‘liq bo‘lgani, ishchilar Tramp nutqi vaqtida qarsakbozlik qilayotganlarini ko‘rish mumkin bo‘lgan.

Biroq uchrashuvdan reportaj olib borgan NBC telekompaniyasi muxbiri Shennon Petipisning tvitterda yozishicha, ko‘plab ishchilar uchrashuvda ishchi kunlari davom etadigan vaqtdan ko‘proq vaqt qolib ketganlaridan jahllari chiqqan.

Ko‘proq yangiliklar: