Rossiyadagi YTHda o‘zbekistonliklar halok bo‘ldi

Jamiyat 18:24 / 19.08.2019 31091

O‘zbekistonning Rostov-Don shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasiga 2019 yilning 5 avgust kuni Krasnodar o‘lkasining Temryuk tumanida yo‘l-transport hodisasi natijasida 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi jabrlangani to‘g‘risida rasmiy xabar kelib tushdi, deyiladi TIV saytida.

Vazirlik ma'lumotida aytilishicha, ikki kishi vafot etgan, ulardan birining shaxsi aniqlanmoqda. Jarohatlangan hamyurtlarimiz kasalxonaga joylashtirildi.

Bosh konsulxona tomonidan mazkur vaziyat nazoratga olinib, konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarini hal qilishda yordam ko‘rsatish uchun huquqni muhofaza qilish organlari va tibbiyot muassasalari bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan.

Konsullik-huquqiy departament marhumning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etgan hamda Rossiyaning Shimoliy Kavkaz federal okrugi (Dog‘iston Respublikasi, Ingushiya Respublikasi, Kabarda-Balkariya Respublikasi, Qorachoy Cherkasiya Respublikasi, Stavropol o‘lkasi, Checheniston Respublikasi, Shimoliy Osetiya Respublikasi) va Janubiy federal okrugi (Adigeya Respublikasi, Astraxan oblasti, Qalmoq Respublikasi, Krasnodar o‘lkasi, Volgograd oblasti, Rostov oblasti) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Rostov-Don shahridagi mamlakat Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +7-863-285-50-57.

Ko‘proq yangiliklar: