Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV Navoiyda YHXB inspektori bilan sodir bo‘lgan voqea bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi

Foto: Aleksandr Belenkiy
2019 yilning 17 avgust kuni soat 19:10larda Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi YHXB inspektori Navoiy shahar, I.Karimov ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelgan “Kobalt” rusumli avtomashinani piyodaga yo‘l bermaganligi uchun to‘xtatgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, u haydovchidan avtomashinani boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarini taqdim etishini so‘ragan, ammo haydovchi J.S.da mazkur avtomashinani boshqarish huquqini beruvchi tegishli hujjatlari bo‘lmagan. Shu sababli, inspektor qonuniy tartibda haydovchi J.S.ga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirib, avtomashinani Navoiy shahridagi jarima maydonchasiga olib kelgan.
Qayd etilishicha, bundan xabar topgan haydovchi J.S.ning 44 yoshli otasi A.H. jarima maydonchasiga mast holatda kelib, inspektor tomonidan avtomashina jarima maydonchasiga qo‘yilishiga faol qarshilik ko‘rsatgan. So‘ng uni haqoratlab, unga qo‘l ko‘targan va tan jarohati yetkazgan. Natijada jiddiy jarohat olib, RShTYoIM Navoiy filialiga olib borilgan. Hozirda unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
“O‘z o‘rnida, fuqarolarimizga bu kabi harakatlar qonunbuzarlik holati ekanligini eslatish bilan birga, har qanday kelishmovchilik va e'tirozlarini tartibbuzarlikka qo‘l urmay, qonuniy yo‘l bilan hal etishga e'tibor qaratishlarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi IIV xabarida.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ayrim huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik bekor qilindi
O‘zbekiston | 15:52
-
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27
-
"Yashil" tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 15:19
-
Tramp Rossiya bo‘yicha «muhim bayonot» berishini aytdi
Jahon | 14:49
Mavzuga oid

21:17 / 03.07.2025
Navoiyda voyaga yetmagan qizlar ishtirokida janjal sodir bo‘ldi

00:00 / 10.06.2025
Navoiy viloyati uchun Xitoydan 60 ta avtobus olib kelindi

09:47 / 17.05.2025
Navoiyda ventilyatsiya tarmog‘i orqali oltin o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

11:43 / 13.05.2025