Foto: 128 nafar desantchi D-6 parashyuti bilan tungi sakrashni muvaffaqiyatli amalga oshirdi

O‘zbekiston 17:27 / 19.08.2019 11188

Sharqiy harbiy okrug «Farg‘ona» dala-o‘quv maydonida okrug havo-desant bo‘linmasi shaxsiy tarkibi tunda parashyut bilan sakrash jangovar o‘quv mashg‘ulotlarini bajardi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati xabar qilishicha, tunda 600 metr balandlikdan sakrashning texnik, jismoniy va ruhiy ko‘nikmalarini hosil qilgan 128 nafar desantchi D-6 parashyuti bilan sakrashni muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

«Desantchilar uchun tungi sakrash mashg‘ulotlari muhim tajriba hisoblanadi. Biz ushbu mashg‘ulotlar davomida jangovar shaylik va individual mahoratimizni yanada oshirdik. Birinchi marta parashyut bilan sakragan harbiy xizmatchilar uchun bu amaliyot chin ma'noda unutilmas bo‘ldi», – deydi shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Aziz Salimov.

Mazkur amaliy sakrash mashg‘ulotlarida ilk bor ishtirok etgan harbiy xizmatchilar Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.

Ko‘proq yangiliklar: