Tramp tasodifan o‘z tarafdorini haqoratladi

Jahon 09:18 / 18.08.2019 18385

AQSh prezidenti Donald Tramp Manchesterdagi (Nyu-Gempshir shtati) nutqi vaqtida tasodifan o‘z tarafdorini haqorat qildi. Bu haqda Fox News nashri xabar berdi. 

Ta'kidlanishicha, tadbir davomida Trampga qarshi namoyishchilar paydo bo‘lib, uning nutqiga xalaqit bera boshlashgan. Ularni qo‘riqchilar tashqariga olib chiqayotgan vaqtda, Tramp odamlar orasidagi bir erkakka e'tibor qaratib, “Bu yigitda vazn bilan jiddiy muammolar borakan. Uyingga bor. Sport bilan shug‘ullanishni boshla. Uni bu yerdan olib chiqing, iltimos”, deb aytgan.

Keyinroq Frenk Douson ismli bu erkak Trampni qo‘llab-quvvatlagani va “Tramp-2020” yozuvli futbolkada bo‘lgani aniqlangan. Tramp xatoga yo‘l qo‘yganini bilgach, Dousonga minnatdorlik bildirish uchun qo‘ng‘iroq qilgan, biroq o‘z qilmishi uchun undan kechirim so‘rab o‘tirmagan. Erkakning o‘zi AQSh prezidentidan xafa emasligi va uni yaxshi ko‘rishini, “Tramp – ushbu mamlakat bilan yuz bergan eng yaxshi hodisadir”, deb aytgan.

Foto: REUTERS

Trampning nutqi 2020 yilgi prezidentlik kampaniyasi doirasida o‘tgan. Saylovlar esa 2020 yilning 3 noyabrida bo‘lib o‘tadi. 

Ko‘proq yangiliklar: