Portugaliyada dunyodagi eng yirik qurol savdogarlaridan biri qo‘lga olindi

Jahon 01:51 / 16.08.2019 13631

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan, dunyodagi eng yirik qurol savdogarlaridan biri bo‘lgan belgiyalik Jak Mese Portugaliyada qo‘lga olindi. Mese oxirgi 30 yil ichidagi deyarli barcha yirik ixtiloflar ishtirokchilariga qurol yetkazib berishga aloqador hisoblanadi. Belgiya hukumati uning ekstraditsiyasini so‘ramoqchi.

“Marshal” va “Tulki” laqablari bilan ma'lum bo‘lgan Mese avval avtomatik qurol, zirhli texnika, vertolyotlar va ixtiloflarda qo‘llanuvchi boshqa anjomlarni noqonuniy yetkazish va Liviya, Chad, Pokiston va Eronga qurol yetkazish ishi bo‘yicha 4 yillik jazo muddatiga hukm qilingan. Biroq u hukm chiqarilgandan keyin yashirinishga muvaffaq bo‘lgan. 

Jinoyatchi Portugaliya politsiyasi tomonidan Evora shahridagi villada ushlangan. Bunga Fransiya, Belgiya va Portugaliya huquq-tartibot idoralari hamkorligi evaziga muvaffaq bo‘lingan.  

Qurolfurush Fransiyadagi villasidan Portugaliyaga otlarni tashish uchun xizmat haqini to‘lamaganlikda qo‘lga tushgan. Bu tergovchilarga uning ortiga tushishga imkon bergan.

Belgiya OAVda ta'kidlanishicha, Mese uzoq 1980-yillarda Eronga Iroq bilan urush vaqtida qurol yetkazib berganlikda gumon qilingan.

Soir nashri ma'lumotlariga ko‘ra, 66 yoshli Mese 16 avgustda sud oldida javob bera boshlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: