O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 iyuldagi PQ-4397-sonli “O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, “O‘zavtosanoat” AJ tizimidagi diler tashkilotlari ulushlarini sotish ishlari davom ettirilmoqda.
Hozirda 27 ta dilerlik tashkilotlari ustav fondidagi ulushlar auksion savdolariga chiqarilgan. Mazkur tashkilotlarning har biri yangi avtomobillarni va ehtiyot qismlarni sotish hamda avtoservis xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha yuqori daromadli tayyor biznes hisoblanadi.
Auksion savdolarida ishtirok etish uchun, avtomobillarni sotish va ularga sotuvdan so‘ng xizmat ko‘rsatishning shaffof tizimiga sarmoya kiritish maqsadida bo‘lgan investorlar (yuridik va jismoniy shaxslar) taklif etiladi
Auksion savdolarining tashkilotchisi – «Respublika mulk markazi» MChJ hisoblanadi.
Savdoda ishtirok etish uchun dilerlik tashkiloti ustav fondidagi ulushning boshlang‘ich qiymati 5 foizini to‘lash lozim bo‘ladi. Savdoda faqatgina bitta talabgor ishtirok etgan holda ham, auksion bo‘lib o‘tgan deb e'tirof etiladi.
Quyida, ulushlari savdoga chiqarilgan dilerlik tashkilotlari va ularning boshlang‘ich narhlari bilan tanishishingiz mumkin.
Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin:
Auksion savdolari tashkilotchisi «Respublika mulk markazi» MChJ, tel.: 90-977-82-55;
Sotilayotgan ulushlarning mulkdori - «Avtosanoat Invest», tel.: 71-232-34-55, 71-207-34-56.
Reklama huquqi asosida