Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyati Uzun tuman bo‘limi va tuman prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Mahkama matbuot xizmati xabariga ko‘ra, unda Sariosiyo tumani Agrosanoat kasb-hunar kolleji direktori o‘rinbosari I.M. ushbu kollejga o‘qishga joylashtirish hamda kelgusida tanishlari orqali tumandagi Pedagogika kasb-hunar kollejiga o‘qishni ko‘chirtirib berish evaziga fuqaro N.N.dan 8 mln. 700 ming so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan I.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.