Eron kelasi haftada o‘z zenit-raketa majmuasini namoyish etadi

Jahon 21:59 / 16.08.2019 11333

Eron o‘zining "Bavar-373" zenit-raketa majmuasini yaratish ishlarini yakuniga yetkazdi va uni kelasi haftada taqdim etishga tayyor. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligiga tayanib IRNA agentligi xabar berdi.

Tehronning ta'kidlashicha, majmua Rossiyaning S-300 zenit-raketa tizimining muqobili hisoblanadi. "Bavar-373" 27 kilometrgacha balandlikdagi nishonni yo‘q qila oladi. Uning ta'sir doirasi - 200 km.

Eron bir necha yillardan buyon harbiy sanoatini rivojlantirish bilan shug‘ullanib keladi. Mamlakat ballistik raketalarni ishlab chiqarishda jiddiy muvaffaqiyatlarga erishgan.

2007 yilda Rossiya va Eron S-300 majmualarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzgan, ammo shartnomani bajarish 2010 yilda to‘xtatib qo‘yilgandi. 2015 yilda Vladimir Putin Eronga S-300 yetkazib berishga qo‘yilgan taqiqni olib tashladi. 2017 yil martda Eronda zenit-raketa majmuasi sinovdan o‘tkazildi.

Ko‘proq yangiliklar: