Bojxonachilar 1 dona ov quroli va 2 kg. 200 gr. ko‘knori yashirilgan xonadonni aniqlashdi

Jamiyat 12:48 / 16.08.2019 7272

Davlat bojxona qo‘mitasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan qurol-yarog‘ va giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga doir navbatdagi qonunbuzarlik holatini fosh etishdi.

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida tezkor kuzatuvga olingan fuqaro M.G‘.ning yashash xonadoni va yordamchi xo‘jaliklari amaldagi tartiblarga asosan va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, xonadonning eski oshxonasida hech qanday hujjatlari bo‘lmagan 1 stvolli, 12 kalibrli 1 dona ov quroli yashirilgani aniqlandi.

Shuningdek, ko‘zdan kechirish davomida hovlidagi daraxtlarga quritish maqsadida ilib qo‘yilgan hamda traktor g‘ildiraklari orasiga yashirib qo‘yilgan ko‘knori hashaklari va boshoqlari ham ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Ularning umumiy og‘irligi esa 2 kg. 200 gr.ni tashkil qilar ekan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan dastlabki tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: