19 avgustdan Mirzo Ulug‘bek tumanida zamonaviy elektr hisoblagichlar o‘rnatila boshlanadi

Jamiyat 23:03 / 16.08.2019 7746

19 avgustdan Mirzo Ulug‘bek tumanida zamonaviy elektr hisoblagichlar o‘rnatila boshlanadi.

“Buni hisobga olib, 2 oy davomida hisoblagichlarni almashtirish bo‘yicha ish jarayonida oilangizdan kattalarning ishtirok etishini ta'minlashni va imkon darajasida hisoblagichingiz ko‘rsatmalarini oldindan suratga olishni so‘raymiz”, deyilgan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda.

Ayni vaqtda yangi hisoblagichlar Toshkent shahrining Yunusobod, Olmazor, Shayxontohur, Uchtepa, Mirobod va Sergeli tumanlarida 240 mingdan ko‘proq maishiy iste'molchilarga o‘rnatib berilgan.

Joriy yil oxirigacha Toshkentning barcha tumanlarida zamonaviy hisoblagichlarni o‘rnatish rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: