Dollarning rasmiy kursi ilk marta 9 ming so‘mlik nuqtadan o‘tdi

Iqtisodiyot 17:30 / 15.08.2019 34879

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 16 avgustdan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 179 so‘mga ko‘tarilgan va 1 dollar 9061 so‘mga yetgan.

Bu ilk bor rasmiy kurs 9000 so‘mlik nuqtadan oshishi bo‘ldi.

1 yevro kursi 163,84 so‘mga oshib, 10092,14 so‘mni tashkil etgan.

1 rubl esa 2,09 so‘mga qimmatlashib, 138,47 so‘mga teng bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, valuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Ko‘proq yangiliklar: